Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro 1-0 Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor 2-1 Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona 1-5 Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

«Liverpul» kolumbiyalik yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olmoqda

«Liverpul» kolumbiyalik yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olmoqda

Baho:
+ | -

«Liverpul» 17 yoshli kolumbiyalik yarim himoyachi Samuel Martinesning «Atletiko Nasyonal»dan transferini yakunlashga yaqin turibdi.

Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, futbolchi shartnoma imzolashdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun allaqachon Angliyaga jo‘nab ketgan.

Ma’lum qilinishicha, transfer summasi 1 million dollarni tashkil qiladi, shuningdek, kolumbiyalik klub futbolchining kelgusi sotuvidan ma’lum foizni o‘zida saqlab qoladi. Muvaffaqiyatli tibbiy ko‘rikdan so‘ng, Martines «Liverpul» bilan besh yillik shartnoma imzolaydi.

Yarim himoyachi ingliz klubi safiga voyaga yetganidan so‘ng rasman qo‘shilishi mumkin. Futbolchi kelasi yilning 5 aprelida 18 yoshga to‘ladi va shundan so‘ng transfer kuchga kiradi.

Samuel Martines hali «Atletiko Nasyonal»ning asosiy jamoasida debyut qilmagan. Xalqaro miqyosda u Kolumbiya U-17 terma jamoasida o‘ynagan va ular safida oltita rasmiy o‘yinda maydonga tushgan.

Kiritildi: 18:32, 19.07.2026.
O'qildi: 1442 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик