«Real»ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasini boshqaradi.
L’Equipe nashrining xabar berishicha, «Real» hujumchisi Kilian Mbappe hali ma’lumot OAVga sizib chiqishidan oldinroq, bir necha oy muqaddam Zidan Didye Deshamning o‘rinbosari bo‘lishini bilgan. Zidan va Mbappe bir-birlarini yaxshi bilishadi va bir necha yildan beri ajoyib munosabatlarni saqlab kelishmoqda. Zinedinning asosiy maqsadi — Fransiya terma jamoasi sardori bilan ishonchli munosabat o‘rnatishdir.
Eslatib o‘tamiz, Zinedin Zidan 2021 yildan beri ishsiz yuribdi. U «Real»ni 2016 yildan 2018 yilgacha hamda 2019 yildan 2021 yilgacha boshqargan. Uning rahbarligi ostida Madrid klubi 11 ta trofeyni qo‘lga kiritgan, ular orasida uchta Chempionlar Ligasi kubogi ham bor.













