Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on Shimoliy Amerikada yakunlangan Jahon chempionati – 2026 da Ispaniya milliy terma jamoasining zafariga o‘z munosabatini bildirdi.
«Turnirda g‘alaba qozongan Ispaniya terma jamoasiga o‘z tabriklarimni yo‘llayman. Butun ispan xalqini qutlayman va eng samimiy tilaklarimni jo‘nataman», — deyiladi prezidentning ijtimoiy tarmoqdagi xabarida.
Mundialning final uchrashuvida ispanlar Argentina terma jamoasi ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. «Qizil furiya» yagona golni ekstra-taymda hujumchi Ferran Torresning harakatlari evaziga kiritdi.
Ispaniya terma jamoasi o‘z tarixida ikkinchi marta Jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. Birinchi zafar 2010 yili Janubiy Afrika Respublikasida bo‘lib o‘tgan mundialda qo‘lga kiritilgan edi.













