Argentina terma jamoasi hujumchisi Lautaro Martines 2026 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng muxlislarga murojaat qildi.
"Biz juda ko‘p harakat qildik, ketma-ket ikkinchi marta Jahon chempionati finaliga chiqdik, ammo bu safar natija bermadi. Men argentinalik ekanligimdan faxrlanaman.
Finalda maydonda jamoaga yordam berishni xohladim.
Jahon chempionati davomida biz bilan birga bo‘lgan, biz bilan birga bo‘lish uchun kilometrma-kilometr yo‘l bosib o‘tgan va mamlakatimizning har bir burchagida birlashgan barcha odamlarga rahmat", deb yozgan Lautaro Martines.
Lautaro Ispaniyaga qarshi final o‘yinida (0-1, qo‘shimcha vaqt) zaxira o‘rindig‘ida qoldi. U turnir davomida yettita o‘yinda uchta gol urdi.













