Argentina terma jamoasi futbolchilari Lionel Messi va Rodrigo De Paul 2026 yilgi jahon chempionati finalidan so‘ng jamoa bilan birga Argentinaga uchib ketmadi. Bu haqda OneFootball xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, buning sababi har ikki futbolchining «Inter Mayami» klubida to‘p surayotgani bilan bog‘liq. Ular AQSHda yashaydi va ta’tilni ham klublari joylashgan mamlakatda o‘tkazishni rejalashtirgan.
Xabarda aytilishicha, Argentina terma jamoasining faqat bir qismi maxsus charter reysi orqali Buenos-Ayresga qaytib ketadi. Shuningdek, poytaxtda jahon chempionatining kumush medali sohiblarini ommaviy kutib olish yoki tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazilmasligi ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi jahon chempionati finalida Argentina terma jamoasi qo‘shimcha vaqtda Ispaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu Ispaniyaning musobaqa tarixidagi ikkinchi jahon chempionligi bo‘ldi.













