Kataloniyaning «Barselona» klubi markaziy yarim himoyachisi Gavi Ispaniya milliy terma jamoasi tarkibida jahon chempioniga aylandi. AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tgan mundial finalida «qizil furiya» argentinaliklarni mag‘lub etgach, 21 yoshli futbolchi unvon sari boradigan yo‘lda yordam bergan yaqinlariga minnatdorchilik bildirdi.
«So‘nggi bir necha yil jarohatlar sababli qiyin kechdi, ammo yaqinlarim, oilam va do‘stlarim yordamida bularning barchasi bejiz bo‘lmaganini ayta olaman. Men yana shu va bundan ham ko‘prog‘ini boshdan kechirishga tayyorman. Futbolchi sifatida o‘sishimga va jahon chempioni bo‘lishimga yordam bergan oilamga, maktabimga, «Barselona» murabbiylari va xodimlariga minnatdorchilik bildiraman. Va alohida xotira — buvimga. Menga bergan kuch-quvvating uchun rahmat», — deb yozdi yarim himoyachi ijtimoiy tarmoqlarda.
Gavi dunyo birinchiligida maydonga ikki bor tushdi va mahsuldor harakatlar bilan ajralib tura olmadi. O‘tgan klub mavsumida kataloniyaliklar a’zosi 13 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.













