Uilyam Lenkshir «Tottenxem»dan «Midlsbro» klubiga o‘tdi.
21 yoshli hujumchi Chempionship vakili bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
Jurnalist Ben Jeykobsning ma’lumotiga ko‘ra, transfer summasi 10 million funtni tashkil etdi, yana 10 million funtni «Tottenxem» bonuslar ko‘rinishida olishi mumkin.
Lenkshir o‘tgan mavsumni ijara asosida «Oksford Yunayted»da o‘tkazgan edi.













