Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

Tarix raqamlarda: «Neftchi» Jizzaxdagi 5:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaysi rekordlarni yangiladi?

Tarix raqamlarda: «Neftchi» Jizzaxdagi 5:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaysi rekordlarni yangiladi?

Baho:
+ | -

Superliganing 13-turida «Neftchi» jamoasi safarda «So‘g‘diyona» ustidan 5:1 hisobida yirik va ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu natija nafaqat uch ochko, balki farg‘onaliklar klubi va chempionat tarixidagi bir qator muhim rekordlarni yangilashga xizmat qildi.

Klub matbuot xizmati Jizzaxdagi tarixiy muvaffaqiyat ortida turgan muhim raqamlar va faktlarni taqdim etdi:

  • 19 yillik tanaffusdan keyingi 5 ta gol: «Neftchi» O‘zbekiston chempionatlari tarixida 9-marotaba safar o‘yinida 5 va undan ortiq to‘p kiritilgan uchrashuvni o‘tkazdi. Oxirgi marta bunday sermahsullik 2006 yilning 23 sentyabrida «Xorazm»ga qarshi kechgan bahsda (8:2) kuzatilgan edi. Oradan 19 yil-u 10 oy o‘tib, jamoa yana safarda 5 ta gol urishga erishdi.

  • «So‘g‘diyona» maydonidagi rekord: Jizzaxdagi bu muvaffaqiyat «Neftchi»ning «So‘g‘diyona» maydonida qozongan eng yirik g‘alabasiga aylandi. Bunga qadar eng yaxshi ko‘rsatkich 1994 yilda qayd etilgan 4:0 hisobidagi g‘alaba edi. Oradan 32 yil o‘tib, farg‘onaliklar ushbu rekordni ham yangilashdi.

  • Antirekord qaytarildi: «So‘g‘diyona» o‘z maydonida o‘tkazilgan o‘yinlar tarixida bor-yo‘g‘i 7-marotaba o‘z darvozasidan 5 va undan ortiq to‘p olib chiqishga majbur bo‘ldi.

E’tiborlisi, «Neftchi»ning safardagi eng yirik (4 va undan ortiq to‘p farqi bilan) g‘alabalari orasida aynan Jizzaxda «So‘g‘diyona»ga qarshi o‘tkazilgan ikki uchrashuv (1994 yilgi 0:4 va joriy mavsumdagi 1:5) alohida o‘rin egalladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:41, 22.07.2026.
O'qildi: 994 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик