«Unterxaxing»ning sobiq bosh murabbiyi Sven Bender Yurgen Kloppning Germaniya terma jamoasidagi murabbiylar shtabiga qo‘shilishi mumkin, deb xabar beradi BILD nashriga tayanib jurnalist Florian Plettenberg.
Manbaga ko‘ra, 37 yoshli germaniyalik mutaxassis Kloppning yordamchisiga aylanadi va hozirda muzokaralar yakuniy bosqichda turibdi. Shuningdek, murabbiylar shtabidan Peter Kravis va Pep Leynderslar ham o‘rin olishi kutilmoqda.
Klopp barcha asosiy tafsilotlarni kelishib olgan va 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnomani imzolashga tayyor.
59 yoshli Yurgenning bosh murabbiy sifatidagi oxirgi ish joyi «Liverpul» bo‘lib, u yerda 2014 yildan 2024 yilgacha faoliyat yuritgan.
Bender futbolchilik faoliyati davomida «Myunxen 1860», «Borussiya Dortmund» va «Bayer Leverkuzen» klublari sharafini himoya qilgan.













