Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo
25/08 19:00 Surxon 0-0 OKMK
25/08 19:00 Andijon 1-0 Xorazm
25/08 20:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv - Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al - Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum - Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Italiya futbol federasiyasi Gvardiolaga so‘ragan maoshidan ikki baravar kam mablag‘ taklif qildi

Italiya futbol federasiyasi Gvardiolaga so‘ragan maoshidan ikki baravar kam mablag‘ taklif qildi

Baho:
+ | -

Xosep Gvardiola va Italiya futbol federasiyasi hozircha shartnoma shartlari bo‘yicha bir qarorga kela olishmayapti. Ispaniyalik murabbiy FIGC tomonidan uni Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga tayinlash uchun qilinayotgan harakatlardan «hayratda», biroq ayni damda uning talablari juda yuqori: La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, Pep yiliga 20 million yevro maosh so‘ramoqda, federasiya esa unga bundan ikki baravar kam mablag‘ taklif qilmoqda.

Avvalroq Gvardiola «Manchester Siti»da faoliyat yuritgan — u «shaharliklar» postini o‘n yil davomida egallab kelgan edi.

Italiya terma jamoasi JCH-2026 yo‘llanmasi uchun kechgan pley-off finalida Bosniya va Gersegovinaga imkoniyatni boy berib, turnirga chiqa olmadi. Ushbu omadsizlikdan so‘ng «skuadra adzurra»ning sobiq bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo o‘z lavozimini tark etdi.

Kiritildi: 12:10, 23.07.2026.
O'qildi: 519 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик