Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor

Figu Rodrining «Real»ga ehtimoliy o‘tishi haqida: «Bu juda qiyin bo‘ladi»

Figu Rodrining «Real»ga ehtimoliy o‘tishi haqida: «Bu juda qiyin bo‘ladi»

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasining sobiq a’zosi Luish Figu «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri Ernandesning «Real»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

«Rodrining «Real»ga o‘tish imkoniyati haqida gap-so‘zlar bo‘lganini bilaman. Fikrimcha, bu juda qiyin bo‘ladi, chunki uning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi bor. Biroq «Real» hamisha dunyoning eng yaxshi futbolchilarini o‘z safiga qo‘shib olishni istashini hamma biladi», — deya Figuning so‘zlarini keltiradi Diario AS.

Madrid klubining sobiq yarim himoyachisi, shuningdek, Rodrini Kilian Mbappe, Vitinya va Dezire Due bilan bir qatorda «Oltin to‘p»ga nomzodlar sifatida e’tirof etdi.

Rodrining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi. O‘tgan mavsumda 30 yoshli futbolchi 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 13:14, 23.07.2026.
O'qildi: 517 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик