Yarim himoyachi Harvi Elliott shu yozda «Liverpul»ni tark etishi mumkin.
Football Insider nashri xabariga ko‘ra, agar yarim himoyachi mavsumga tayyorgarlik jarayonida jamoaning yangi bosh murabbiyi Andoni Iraolada ijobiy taassurot qoldira olmasa, «qizillar» uni sotib yuborishi mumkin. Futbolchining o‘zi «Liverpul»da qolmoqchi, biroq uning amaldagi shartnomasi kelasi yozda o‘z nihoyasiga yetadi. Yarim himoyachiga «Lids», «Kristal Pelas», «Sanderlend» va «Koventri» klublari qiziqish bildirmoqda.
Harvi Elliott 2019 yilda 1,7 million yevro evaziga «Fulxem»dan «Liverpul»ga o‘tgan edi. O‘tgan mavsumda yarim himoyachi ijara huquqi asosida «Aston Villa» sharafini himoya qildi va barcha turnirlarda 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.













