Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Vozinya 2026 yilgi Jahon chempionati yakunlariga ko‘ra 10 baravarga qimmatlashdi

Vozinya 2026 yilgi Jahon chempionati yakunlariga ko‘ra 10 baravarga qimmatlashdi

Baho:
+ | -

Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Vozinya Transfermarkt baholashicha, 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati yakunlariga ko‘ra o‘z transfer qiymatini 10 baravarga oshirib oldi. Hozirgi vaqtda darvozabonning narxi turnir startigacha bo‘lgan 50 ming yevro o‘rniga 500 ming yevroni tashkil etmoqda.

Bundan tashqari, afrikalik jamoa golkiperi 40 yoshdan oshgan eng qimmat darvozabonlar to‘rtligiga kirdi. Undan faqat Fernando Muslera (700 ming yevro), Igor Akinfeev (1 million yevro) va Manuel Noyer (4 million yevro) qimmatroq baholanmoqda.

Vozinya JCH-2026da to‘rtta o‘yin o‘tkazib, ularning ikkitasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Uning Ikkinchi divizionda ishtirok etuvchi Portugaliyaning «Shavish» klubi bilan shartnomasi shu yozda yakuniga yetdi. Kabo-Verde terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatining final bosqichida ishtirok etdi va 1/16 finalda Argentinaga imkoniyatni boy berib (2:3), musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

Kiritildi: 17:57, 23.07.2026.
O'qildi: 266 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик