JCH-2026 ning Fransiya va Ispaniya (0:2) o‘rtasidagi 1/2 final uchrashuvini boshqargan salvadorlik hakam Ivan Barton va uning brigadasi Didye Deshamning malakasiga nisbatan bildirgan e’tirozlariga javob qaytardi.
O‘yindan so‘ng Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi bosh hakamning darajasini so‘roq ostida qoldirgan edi.
Jurnalistlarning Deshamning gaplari alam qildimi, degan savoliga Barton shunday javob berdi:
«Yo‘q, umuman unday emas. Har kim o‘z fikriga ega bo‘lish huquqiga ega.
Ushbu o‘yinda ishlash huquqini qo‘lga kiritish uchun qanday yo‘lni bosib o‘tganimizni, qanchalik mehnat qilganimizni yaxshi bilamiz. Nega bu yerda ekanimizni anglab turibmiz. Shu sababli hech qanday izohlar ushbu tayinlovga munosib bo‘lganimizga bizda shubha uyg‘ota olmaydi», — dedi Barton.













