Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente JCH-2026da zafar quchgan o‘z jamoasidagi ahil va jipslashgan mehnatning ahamiyatini ta’kidlab o‘tdi. «Furiya Roxa» turnirning 1/8 finalida Portugaliyani (1:0), 1/4 finalda Belgiyani (2:1), yarim finalda Fransiyani (2:0) va finalda Argentinani (1:0) mag‘lub etdi.
— Ushbu tarkib uchun Lamin Yamal qanday ahamiyatga ega?
— «Bizni Krishtianu [Ronaldu]ning Portugaliyasiga, Mbappening Fransiyasiga qarshi o‘ynadi, oldinda esa Messining Argentinasi kutib turibdi, deb aytishayotgan edi… ammo ular 26 kishidan iborat yaxlit bir jamoaga qarshi maydonga tushishdi. „300 spartalik“ filmidagi mashhur iborani biroz o‘zgartirib aytish mumkin… Biz o‘sha 26 nafar ispaniyalikmiz.
Lamin — ishonib bo‘lmas turnirni o‘tkazgan va fantastik o‘yin ko‘rsatgan futbolchi. U juda ulg‘aydi, jamoa uchun ko‘p mehnat qildi va jamoaviy manfaatni shaxsiy manfaatidan yuqori qo‘ya oldi. Lamin — hali juda yosh va shakllanish jarayonida bo‘lgan buyuk futbolchi, lekin bu tajriba kelajakda unga faqat foyda keltiradi. U rejalashtirilgan jarayonni bosib o‘tdi, bahslardagi tanaffuslardan so‘ng qayta tiklandi va ajoyib ishni amalga oshirdi», — dedi de la Fuente Marca nashriga bergan intervyusida.













