Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

Anderson: «Bu g‘oliblar jamoasi deb o‘ylayman»

Anderson: «Bu g‘oliblar jamoasi deb o‘ylayman»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti»ning yangi a’zosi, yarim himoyachi Elliot Anderson yangi klubi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Havbek Manchester klubiga «Nottingem Forest»dan o‘tdi.

«Bu g‘oliblar jamoasi deb o‘ylayman. Ular shafqatsiz va men aynan shunday jamoada — chempionlar hamda sovrinlar yutadigan insonlar orasida o‘ynashni xohlayman. Ular oxirgi 10–12 yil davomida hukmronlik qilishdi, shu sababli bu yerga o‘tishni istadim. Bu — sovrinlar yutish va eng yuqori darajada to‘p surish uchun yaratilgan klub. Bu har bir futbolchi uchun juda jozibador. «Siti» — dunyoning eng yirik klublaridan biri, ularning tarkibi esa hayratlanarli darajada kuchli va har bir pozisiyada ajoyib ijrochilar bor.

Ular meni o‘z safida ko‘rishni xohlayotganini bilishim bilan bu transferni amalga oshirishga qat’iy qaror qildim. Futbolchi sifatida o‘zingni eng yuqori darajada sinab ko‘rishni xohlaysan. «Siti»ga o‘tishim bilan menda shunday imkoniyat paydo bo‘ldi. Tashqaridan qaraganda, «Siti» o‘z futbolchilariga juda yaxshi munosabatda bo‘ladigan va ularning salohiyatini to‘liq ochib berishi uchun ideal sharoitlarni yaratib beradigan klubdek tuyuladi. Ularning muvaffaqiyatlari va oxirgi 10–15 yilda ko‘rsatgan futboli — shunchaki favqulodda hodisa. Bularning barchasining bir qismiga aylanish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan juda faxrlanaman», — dedi Anderson The Telegraph nashriga bergan intervyusida.

O‘tgan mavsumda Anderson APLda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 18:12, 24.07.2026.
O'qildi: 200 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик