Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Leandro Paredes «albiseleste» sardori Lionel Messining jamoa finalgacha yetib borgan JCH-2026 dan keyingi kelajagi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Menimcha, Messi Jahon chempionati finali uning terma jamoadagi so‘nggi o‘yini bo‘ladi degan qarorga kelgan. Umid qilamanki, bunday emas. Umid qilamanki, u o‘ynashda davom etadi.
Bizning ko‘pchiligimiz terma jamoada o‘ynashni davom ettirish yoki ettirmaslik haqida o‘ylab ko‘rishimizga to‘g‘ri keladi. Ushbu darajani ushlab turish va jamoaning hozirgidek ishlashini ta’minlash juda qiyin bo‘ladi. Bu kabi qarorlarni bosiqlik bilan qabul qilish kerak», — deydi Paredesning so‘zlarini keltirgan All About Argentina manbasi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.













