Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente himoyachi Mark Kukurelyaning aytgan gaplariga munosabat bildirdi.
JCH-2026 startidan oldin Kukurelya agar Ispaniya turnirda g‘olib chiqsa, tanasiga bosh murabbiyning yuzi tasvirlangan tatuirovka chizdirishini aytib, shov-shuvli va’da bergan edi. Ispaniya musobaqa finalida Argentinani mag‘lub etdi (1:0).
«Men unga aqldan ozganini aytdim, lekin va’dani bajarish kerak. U — so‘zida turadigan inson», — dedi de la Fuente RTVE telekanaliga bergan intervyusida.
27 yoshli himoyachi uchun bunday va’dalar berish allaqachon an’anaga aylangan. Ispaniya Yevro-2024da zafar quchganidan so‘ng, u va’da qilganidek, sochlarini qizil rangga bo‘yab olgan edi.













