Germaniya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoaga qanday o‘yin uslubini singdirmoqchi ekani haqida gapirib berdi.
«Futbolchilarda o‘zlari kutmagan yangi imkoniyatlar paydo bo‘ladi, chunki men jasur bo‘lishni yaxshi ko‘raman. Men uchun hammaga manzur keladigan futbol o‘ynashni istaydigan yigitlar bilan ishlash muhim. Bu har doim ham zudlik bilan muvaffaqiyat keltirmasligi mumkin, ammo men milliy terma jamoa bilan shunday natijalarga erishmoqchimanki, odamlar uyga qaytishda: «Vau, bu haqiqatan ham juda ajoyib bo‘ldi», deb o‘ylashsin.
Buning uchun bir nechta narsa talab etiladi. Terma jamoada o‘ynash huquqini qo‘lga kiritgan har bir futbolchi maydonda bor kuchini berishi kerak. Men buni kuzatib boraman. Hozirda biz hech kimning ustidan chiziq tortmaymiz, bu — yangi boshlanish», — dedi Klopp yangi lavozimidagi ilk matbuot anjumanida.













