«Yuventus» «Parma» hamda Yaponiya terma jamoasi darvozaboni Zion Suzuki bilan tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sky Sport Italia xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Turin klubi transfer bitimiga ba’zi futbolchilarini qo‘shib berishi mumkin. Angliya Premyer-ligasi klublari ham vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda.
Suzuki JCH-2026 turnirida Yaponiya terma jamoasining asosiy darvozaboni bo‘lgan edi. Golkiperning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.













