Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

Peti Keynni «Oltin to‘p»ga da’vogarlar safidan chiqardi

Peti Keynni «Oltin to‘p»ga da’vogarlar safidan chiqardi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Emmanuel Peti «Bavariya» va Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn Chempionlar ligasi hamda Jahon chempionatining hal qiluvchi o‘yinlarida muvaffaqiyatsiz ishtirok etganidan so‘ng «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogarlar safidan chiqib ketdi deb hisoblaydi.

«Xarri Keynning «Oltin to‘p» uchun imkoniyatlari allaqachon tugadi. Agar faqat uning Germaniya chempionatidagi o‘yinlariga baho beradigan bo‘lsak, e’tirozga o‘rin yo‘q. Ammo Chempionlar ligasi va terma jamoada, aynan hal qiluvchi bahslar vaqti kelganida u ko‘rinmay qoldi. Men uni bosh aybdor qilmoqchi emasman, chunki u qo‘lidan kelgan hamma narsani qildi va ko‘p gol urdi. Biroq hal qiluvchi o‘yinlarda Keyn farqni yuzaga keltira olmadi, xuddi Chempionlar ligasida bo‘lgani kabi. Shu sababli hozir undan oldinda turgan bir nechta nomzodlar bor», — deya Petining so‘zlarini keltiradi Goal.

Mukofotga boshqa da’vogarlar haqida gapirganda, Peti Lamin Yamal, Rodri va Lionel Messini alohida ajratib ko‘rsatdi.

Kiritildi: 09:22, 26.07.2026.
O'qildi: 615 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик