Jazoir terma jamoasi va «Milan» yarim himoyachisi Ismael Bennaser jamoadan ketishga yaqin turibdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ma’lum bo‘lishicha, tomonlar hamkorlikni muddatidan oldin to‘xtatish bo‘yicha kelishib olishgan. Uning amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozigacha mo‘ljallangan edi. Tez orada aljirlik futbolchi erkin agent maqomini oladi.
28 yoshli yarim himoyachi faoliyatini Katarning «Al-Garafa» klubida davom ettiradi. Tomonlar o‘rtasida transfer bo‘yicha kelishuv mavjud.
Ismael 2019 yilning yozidan beri «Milan» futbolchisi hisoblanadi. Transfermarkt baholashiga ko‘ra, uning bozor qiymati 8 million yevroni tashkil etadi.













