Serxio Valentinning xabar berishicha, «Real Madrid» yozgi transfer oynasida faqat Raul Asensio jamoani tark etgan taqdirdagina boshqa markaziy himoyachi sotib olishga harakat qiladi.
Joze Mourinyo Ibraima Konateni tarkibga qo‘shib olganiga va Eder Militao jarohat sababli mavsum boshini o‘tkazib yuborishiga qaramay, himoya chizig‘ini yanada kuchaytirishni istamoqda. Biroq, tarkibda bo‘sh o‘rin ajratilmaguncha klub yangi markaziy himoyachi uchun harakat qilmaydi.
Xabarlarga ko‘ra, Mourinyo 23 yoshli Asensioga 2026/27 yilgi mavsum rejalariga kiritilmaganini ma’lum qilgan. Hozirda u markaziy himoyachilar ketma-ketligida Konate, Militao, Antonio Ryudiger va Din Xyoysendan keyingi o‘rinda turadi.
«Marsel» Asensioni ijaraga olishga qiziqish bildirgach, futbolchi uchun ehtimoliy variantga aylandi.
Himoyachining o‘zi ham vaqtinchalik transferga qarshi emas. U Liga 1 da muvaffaqiyatli mavsum o‘tkazib, kattaroq tajriba bilan «Santyago Bernabeu»ga qaytishni umid qilmoqda.
«Real» nomi Alessandro Bastoni va Niko Shlotterbek kabi himoyachilar bilan bog‘lanayotgan edi, ammo yangi markaziy himoyachi transferi butunlay Asensioning ketishiga bog‘liq bo‘lib turibdi.
Ispaniya grandi shuningdek, «RB Leypsig» vingeri Yan Diomande va «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri transferlari ustida ham ish olib bormoqda.













