Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/07 20:00 Nasaf 1-0 Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm 1-0 Surxon
28/07 20:00 Neftchi 1-1 Navbahor
29/07 20:00 Dinamo - Qo‘qon-1912

«Arsenal» qanday qilib bo‘lmasin yozgi transfer oynasida Vinisiusni qo‘lga kiritmoqchi

«Arsenal» qanday qilib bo‘lmasin yozgi transfer oynasida Vinisiusni qo‘lga kiritmoqchi

Baho:
+ | -

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Madridning «Real» klubi qanot hujumchisi Vinisius Juniorni jamoaga jalb qilishdan manfaatdor. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Arteta Vinisiusni transfer qilish g‘oyasiga shu qadar qiziqib qolganki, klub ichida braziliyalik futbolchini sotib olish yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsad sifatida ko‘rilmoqda. Shu bilan birga, Vinisius «to‘pchilar»ning hujumning chap qanotini kuchaytirish uchun ko‘rib chiqayotgan bir nechta nomzodlardan biri ekani ham ta’kidlangan.

Avvalroq Angliya klubi «Real» hujumchisiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Futbolchi hozircha Madrid klubi bilan 2027 yil 30 iyungacha amal qiladigan shartnomasini uzaytirmagan.

O‘tgan mavsumda Vinisius barcha musobaqalarda 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, braziliyalik futbolchining bozor qiymati 140 million yevroni tashkil etadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:51, 28.07.2026.
O'qildi: 1113 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик