Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon - Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro - Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor

Adeyemi: «Flik meni ko‘ndirishiga hojat qolmadi»

Adeyemi: «Flik meni ko‘ndirishiga hojat qolmadi»

Baho:
+ | -

«Barselona» vingeri Karim Adeyemi jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bilan bo‘lib o‘tgan suhbat haqida so‘zlab berdi.

«Ko‘k-anorranglilar» o‘tgan haftada germaniyalik futbolchining transferini rasman e’lon qilishgan edi.

«Xansi Flikning meni ko‘ndirishiga umuman hojat qolmadi. U shunchaki menga qo‘ng‘iroq qilib, «Barsa»ga o‘tishni xohlaysanmi deb so‘radi va men darhol «ha» deb javob berdim, chunki bu dunyodagi eng buyuk klub. Men murabbiyga ishonaman va uni juda hurmat qilaman.

Flik Germaniya terma jamoasidagi birgalikdagi faoliyatimiz orqali meni yaxshi biladi. O‘rtamizda juda ajoyib munosabat shakllangan. U mening salohiyatimni va jamoaga qo‘sha oladigan hissamni ko‘ra oladi deb umid qilaman», — dedi Adeyemi Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.

Avvalroq Dortmundning «Borussiya» klubida to‘p surgan 24 yoshli futbolchining transferi Kataloniya grandiga 22 million yevroga tushdi.

Kiritildi: 13:02, 30.07.2026.
O'qildi: 1046 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик