"Bayer" va Bosniya va Gersegovina terma jamoasi o‘yinchisi Kerim Alaybegovich faoliyatini Italiyaning "Yuventus" klubida davom ettiradi.
Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.
Manbaning xabar berishicha, 18 yoshli qanot himoyachisi Turin klubi bilan shaxsiy shartnomalar tuzishga rozi bo‘lgan. "Yuventus" ham futbolchining transferi bo‘yicha "Bayer" bilan kelishuvga erishgan.
Sky Sport jurnalisti Patrik Bergerning ta’kidlashicha, nemis klubi 33 million yevro oladi va bonuslar bilan kelishuv 40 million yevroga yetishi mumkin. Biroq, Romano butun transfer paketini 35 million yevroga baholamoqda.
"Chelsi" ham Alaybegovichga qiziqish bildirgan.













