«Chelsi» «Nyukasl»ning chap qanot himoyachisi Lyuis Xoll uchun kurashda taslim bo‘lmayapti.
21 yoshli futbolchi uchun kurashda hamon «Manchester Yunayted» favorit hisoblanadi, ammo «ko‘klar» vaziyatni kuzatib borishda davom etmoqda va o‘z tarbiyalanuvchisini qaytarish umidini yo‘qotmayapti. Transfer News Live jurnalist Saymon Fillipsga tayanib xabar berishicha, «Chelsi» 21 yoshli o‘yinchini «qizil iblislar»dan tortib olish mumkin deb hisoblamoqda, chunki ayni damda mankunianliklar muzokaralarda faqat «kichik arzimas arzigulik siljish»ga erishgan.
Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, Lyuis Xollning bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi. Angliyalik lateral «Nyukasl»ga o‘tishdan oldin «Chelsi» tizimida 12 yil o‘tkazgan.













