Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon - Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro - Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor

«Manchester Yunayted» Konseysau bo‘yicha so‘rov yubordi

«Manchester Yunayted» Konseysau bo‘yicha so‘rov yubordi

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi va Turinning «Yuventus» klubi vingeri Fransishku Konseysau faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirish variantiga ega. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.

Jurnalistning ma’lumotlariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. «Qizil iblislar» futbolchi bo‘yicha ma’lumot so‘rashgan.

Konseysauning «keksa sinyora» bilan shartnomasi 2030 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. 23 yoshli portugaliyalik futbolchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.

A Seriyaning o‘tgan mavsumida Fransishku 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 16:45, 31.07.2026.
O'qildi: 1257 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик