Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

«Yuventus» rahbari FIFA atrofidagi mojaroga munosabat bildirdi

«Yuventus» rahbari FIFA atrofidagi mojaroga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Yuventus» bosh direktori Jovanni Karnevali UEFAning FIFA turnirlarini, jumladan jahon chempionatini boykot qilish ehtimoli haqidagi qarorini qo‘llab-quvvatladi.

«55 ta futbol federasiyasi FIFA amalga oshirmoqchi bo‘lgan rejaga qarshi chiqmoqda. Infantino qilayotgan ishlarni hamma ko‘rib turibdi. Bu bir necha yil avvalgi yo‘nalishdan mutlaqo farq qiladi.

Menga halol va shaffof boshqaruv yoqadi. FIFA esa men ishonadigan qadriyatlarga amal qilmayapti. 55 ta federasiyaning bunga qarshi chiqayotgani o‘z-o‘zidan muhim qadam. Ularni to‘xtatish imkoniyati paydo bo‘ladi», — dedi Karnevali.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UEFA jahon chempionati va boshqa musobaqalar huquqlarining bir qismi xususiy investorlarga sotilgan taqdirda, FIFA shafeligidagi turnirlarni boykot qilish niyatida ekanini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 18:28, 31.07.2026.
O'qildi: 814 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик