Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon - Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro - Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor

FIDE reytingi yangilandi. Sindarov o‘z o‘rnida, Abdusattorovda pasayish kuzatildi

FIDE reytingi yangilandi. Sindarov o‘z o‘rnida, Abdusattorovda pasayish kuzatildi

Baho:
+ | -

Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE) 2026 yil iyul oyi yakunlariga ko‘ra dunyoning eng kuchli shaxmatchilari ro‘yxatini yangiladi. Kuchli 100 talik ro‘yxatda O‘zbekistondan 5 nafar grossmeyster o‘rin oldi.

Reytingda hamon Magnus Karlsen (2823) peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni AQSH vakillari Fabiano Karuana (2792) hamda Hikaru Nakamura (2792) egallab turibdi.

O‘zbekistonlik shaxmatchilarning natijalari:

O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi bo‘lib turgan Javohir Sindarov 2777 ochko bilan Jahon reytingida 4-o‘rinni band etib turibdi. O‘zbekistonning ikkinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorovning hisobida esa 2762 ochko mavjud bo‘lib, u FIDE reytingida 8-pog‘onadan joy oldi.

Kuchli 100 talikdan yana uch nafar o‘zbekistonlik grossmeyster o‘rin olgan:

Nodirbek Yoqubboyev — 2685 ochko (39-o‘rin);
Rustam Qosimjonov — 2665 ochko (52-o‘rin);
Shamsiddin Vohidov — 2655 ochko (61-o‘rin).

Ayollar o‘rtasidagi Top-100 talikda ham sezilarli ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi Afruza Hamdamova o‘z ochkolarini 2440 taga yetkazib, 26-o‘ringa ko‘tarildi. Gulruhbegim Tohirjonova esa 2355 ochko bilan 82-o‘rinni band etdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:49, 01.08.2026.
O'qildi: 713 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик