«Liverpul» «Milan»ning markaziy himoyachisi Fikayo Tomoriga qiziqish bildirmoqda. Angliya klubi 28 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha «rossoneri» bilan dastlabki muzokaralarni boshladi. Bu haqda TuttoJuve nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, ayni vaqtda muzokaralar dastlabki bosqichda turibdi. «Liverpul»ning maqsadi rasmiy taklif yuborishdan oldin transfer xarajatlari va uni amalga oshirish imkoniyatlarini baholab olishdan iborat.
O‘tgan mavsumda Tomori barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 17 million yevroni tashkil etadi.













