«Manchester Siti» va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holand Milliy basketbol assosiasiyasining (NBA) afsonaviy olti karra chempioni, amerikalik Maykl Jordan bilan uchrashdi.
/i/p/o/17855232771604333036.jpg)
«Izohga hojat yo‘q», — deb yozib qoldirgan Holand ushbu suratni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylab.
Norvegiya terma jamoasi JCH-2026 da Braziliya terma jamoasini (2:1) musobaqadan chiqarib yuborib, 1/4 finalgacha yetib bordi. Chorak finalda skandinaviyaliklar Angliyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Erling Holand dunyo birinchiligi davomida 7 ta gol urishga erishdi.













