"Bayer" klubi chap qanot himoyachisi Migel Gutyerres uchun "Napoli"ning moliyaviy talablariga rozi bo‘ldi.
Jurnalist Janluka Di Marsioning so‘zlariga ko‘ra, Leverkuzen klubi 25 yoshli "Real Madrid" akademiyasi tarbiyalanuvchisi uchun bonuslar bilan birga 30 million yevro taklif qilgan.
Bu "Napoli" Gutyerres uchun so‘ragan summa. Kelishuv yakuniy bosqichda.
Fabrisio Romano italiyaliklarning taklifni og‘zaki qabul qilganini da’vo qilmoqda.
O‘tgan mavsumda himoyachi A Seriyasining 28 ta o‘yinida gol urdi va golli uzatma berdi.













