Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘zbekiston milliy terma jamoasi kuzda Rossiya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkin

O‘zbekiston milliy terma jamoasi kuzda Rossiya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkin

Baho:
+2 | -

O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasining milliy terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i Usmon Toshev Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish bo‘yicha fikr bildirdi.

"Biz Rossiya terma jamoasi bilan o‘ynashga tayyormiz va bundan xursand bo‘lamiz. Hozirda bizda faqat bitta tasdiqlangan o‘rtoqlik o‘yini bor - oktyabr oyida Janubiy Koreyaga qarshi. Shuning uchun biz Rossiya terma jamoasi bilan sentyabr-oktyabr oylarida yoki noyabr oyida o‘ynash imkoniyatini ko‘rib chiqishimiz mumkin.

Jamoalarimiz oxirgi marta to‘rt yil oldin uchrashishgan, yana shunday kuchli raqib bilan o‘ynash bizga qiziq bo‘lardi. Albatta, qaror qabul qilishda biz Assosiasiyaning mavjud takliflarini, boshqa Osiyo jamoalari bilan muzokaralarni va bosh murabbiy Fabio Kannavaro fikrlaridan kelib chiqamiz.

Agar tegishli taklif kelib tushsa, biz Rossiya terma jamoasini Toshkentda qabul qilishga yoki Moskvaga yoki Rossiyaning boshqa istalgan shahriga o‘zimiz borishga tayyormiz. Biz muzokaralarga to‘liq ochiqmiz va ushbu o‘yinni o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilishdan mamnun bo‘lamiz", dedi Toshev.

Kiritildi: 18:19, 02.08.2026.
O'qildi: 826 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик