Insayder Fabrisio Romano xabar berishicha, «Napoli» vingeri Yesper Lindstryom ijara huquqi asosida «Shalke»ga o‘tmoqda.
Tomonlar bitimni kelishib olishdi, bugun 26 yoshli daniyalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda.
Kelishuv 5 mln yevro evaziga futbolchini sotib olish huquqini o‘z ichiga olgan ijarani nazarda tutadi. Mabodo «Shalke» Bundesligada o‘z o‘rnini saqlab qolsa, shuningdek, Yesper o‘tkazgan o‘yinlar soniga qarab «Napoli» bonuslar oladi.
O‘tgan mavsumda Lindstryom «Volfsburg»da ijarada o‘ynagan edi. U Bundesliganing 13 ta o‘yinida samarali harakatlari (gol yoki uzatma) bilan ajralib tura olmadi.













