«Loryan» «Sporting» hujumchisi Suleyman Faye bilan ijara shartnomasi imzoladi. Shartnoma 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
23 yoshli senegallik futbolchi 2026 yilning yanvar oyidan beri Portugaliya jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Uning «Sporting» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyunigacha amal qiladi. Shu bilan birga, «Loryan»da futbolchining transfer huquqini to‘liq sotib olish opsiyasi mavjud bo‘ladi.
2025/26 yilgi mavsumda hujumchi 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali Senegal terma jamoasi sobiq a’zosining transfer qiymatini 3 million yevroga baholamoqda.













