«Nyukasl» yarim himoyachisi Bruno Gimaraes Londonning «Arsenal» klubiga o‘tishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Braziliyalik futbolchi «qarg‘alar»ning Ispaniyadagi mavsumoldi yig‘iniga jo‘nab ketadi — ammo faqat rasmiy transfer so‘rovini topshirish uchun, deb xabar bermoqda The Touchline nashri Goal’ga tayanib. 28 yoshli futbolchi transferga erishish maqsadida jamoaning yangi bosh murabbiyi Mattias Yayssle bilan suhbat o‘tkazish niyatida.
Katta ehtimol bilan, Bruno Gimaraes avgust oyi oxirigacha «Arsenal» safiga borib qo‘shiladi. U londonliklar bilan shartnoma shartlari bo‘yicha allaqachon og‘zaki kelishuvga erishgan. Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisining transfer qiymati 80 million yevrodan oshishi mumkin.













