Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

Romano «Ayaks» vingerining «PSJ»ga ehtimoliy transferi tafsilotlari va summasini ma’lum qildi

Romano «Ayaks» vingerining «PSJ»ga ehtimoliy transferi tafsilotlari va summasini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen» «Ayaks»ning 20 yoshli vingeri Miki Godts bo‘yicha amsterdamliklarga rasmiy transfer taklifini yubordi. Bu haqda insayder jurnalist Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar bermoqda.

Manbaning xabar berishicha, taklif summasi 40 million yevrodan oshadi, bonuslarni hisobga olganda kelishuvning umumiy paketi taxminan 45 million yevroni tashkil etishi mumkin. Ta’kidlanishicha, amsterdamliklar dastlab futbolchini 60 million yevroga baholashgan edi. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar jadal sur’atlarda rivojlanayotgani aytilmoqda. Futbolchining o‘zi «PSJ»ga o‘tishga rozilik berdi va shaxsiy shartnoma shartlarini tasdiqladi.

O‘tgan mavsumda Godts «Ayaks»ning eng yaxshi to‘purariga aylandi. Hujumchi Niderlandiya chempionatining 32 ta o‘yinida 17 ta gol urdi. Belgiyalik vinger o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda o‘tkazilgan 44 ta uchrashuvda umumiy hisobda 17 ta gol va 15 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Godtsning «Ayaks» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 08:15, 03.08.2026.
O'qildi: 750 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик