Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/09 00:00 Valensiya 2-3 Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm 1-3 Qizilqum
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

FIFA Klublar o‘rtasidagi JCHda qatnashmagan jamoalarga va’da qilingan mablag‘larni haligacha to‘lagani yo‘q

FIFA Klublar o‘rtasidagi JCHda qatnashmagan jamoalarga va’da qilingan mablag‘larni haligacha to‘lagani yo‘q

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) 2025 yilgi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga chiqa olmagan jamoalarga ajratilgan 250 million dollar miqdoridagi birdamlik to‘lovlarini o‘tkazib bermadi. Bu haqda Daily Express nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu mablag‘lar turnir ishtirokchilari va qolgan klublar o‘rtasidagi moliyaviy tafovutni kamaytirish maqsadida musobaqa daromadlarini butun futbol tizimi bo‘ylab taqsimlash uchun mo‘ljallangan edi. Dastlab har bir oliy divizion klubi 50 ming funt sterling (67,5 ming dollar) olishi rejalashtirilgan edi.

2025 yilgi turnir AQSHda 14 iyundan 13 iyulga qadar 32 ta jamoa ishtirokida bo‘lib o‘tgan edi. Finalda «Pari Sen-Jermen»ni 3:0 hisobida mag‘lub etgan «Chelsi» musobaqa g‘olibiga aylangan.

Kiritildi: 09:16, 03.08.2026.
O'qildi: 1336 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик