Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

Infantino Angliya futbol assosiasiyasining qo‘llab-quvvatlovidan mahrum bo‘ladi

Infantino Angliya futbol assosiasiyasining qo‘llab-quvvatlovidan mahrum bo‘ladi

Baho:
+2 | -

Uels futbol assosiasiyasidan so‘ng Angliya futbol assosiasiyasi ham Janni Infantinoga bo‘lgan ishonch maktubini qaytarib olmoqchi.

Bu haqda BBC Sport xabar bermoqda. Inglizlar FIFA prezidenti nomiga rasmiy xat tayyorlamoqda, unda tashkilot rahbari saylovida uning nomzodini qo‘llab-quvvatlash qarori bekor qilinishi ma’lum qilinadi. Bu qaror Infantinoning FIFA turnirlarining tijorat huquqlaridagi ulushlarni xususiy investorlarga sotish loyihasidan voz kechishi oqibatlari bilan bog‘liq.

Avvalroq, xuddi shunday qadamni Uels futbol assosiasiyasi ham tashlagan edi va FIFAning amaldagi rahbariga nisbatan ishonch yo‘qolganini e’lon qilgandi.

Shuningdek, ilgariroq UYEFA prezidenti Aleksander Cheferin Infantinoni qo‘llab-quvvatlagan milliy assosiasiyalarni FIFA rahbarining bo‘lajak saylovlari oldidan o‘z xatlarini qaytarib olishga chaqirgani haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 15:10, 03.08.2026.
O'qildi: 543 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик