«Lans» rasmiy saytida «Sharlerua» yarim himoyachisi Yassin Titrauining transferini e’lon qildi. 23 yoshli jazoirlik futbolchi 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Transfer summasi oshkor qilinmayapti. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 7 million yevroga baholamoqda.
«U jamoamizga bosim ostida o‘ynay olish va doimo oldinga intilish xususiyatini olib kiradi. Shaxsiy fazilatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, safimizga juda kamtar va mehnatkash yigit kelib qo‘shilyapti. Uni yaqindan biladiganlar uning xarakterini yuqori baholaydi. 23 yoshida Yassin Jazoir terma jamoasining, endi esa «Lans»ning ham kelajagini gavdalantiradi», — dedi klub sport direktori Jan-Lui Leka.
O‘tgan mavsumda Titraui barcha turnirlarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. JCH-2026 da u Jazoir terma jamoasining barcha o‘yinlarini zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi.













