Kirish Ro'yxatdan o'tish

«U «Tottenhem»da hech narsa ko‘rsata olmadi» — «Yuventus» transferi keskin tanqid qilindi

«U «Tottenhem»da hech narsa ko‘rsata olmadi» — «Yuventus» transferi keskin tanqid qilindi

Baho:
+ | -

«Tottenhem»ning sobiq bosh skauti Brayan King «Yuventus» Randal Kolo-Muani uchun ortiqcha pul to‘lab yuborgan, deb hisoblaydi.

Avvalroq Turin klubining «PSJ» bilan kelishuvi 38 million yevroni tashkil etgani va bu mablag‘ to‘rt yilga bo‘lib to‘lanishi, yana 12 million yevro esa bonuslar sifatida ko‘zda tutilgani xabar qilingan edi. Bundan tashqari, agentlarga 3,2 million yevro to‘lanadi. O‘tgan mavsumda hujumchi ijara asosida «shporlar» sharafini himoya qilgan edi.

«Xo‘sh, u hech narsa ko‘rsata olmadi-ku, to‘g‘rimi? Shu sababli u Jahon chempionatiga ham bora olmadi. U [Fransiya] terma jamoasining JCH uchun qaydnomasiga kiritilmadi.

Men hali ham o‘tgan mavsumni juda, juda ajabtovur o‘tkazgan, «Tottenhem» tarkibiga ham amal-taqal qilib kirgan va Jahon chempionatiga borish uchun mutlaqo munosib bo‘lmagan futbolchi uchun 43 million funt (atrofida 50 million yevro) juda ko‘p deb hisoblayman... Ammo bu — bozor.

Bilasizmi, menimcha, unga Premyer-ligaga qaraganda Italiyada o‘ynash osonroq bo‘ladi. Shuning uchun uning keyingi faoliyatini kuzatish va voqealar rivojini ko‘rish qiziq bo‘ladi», — dedi King.

Kiritildi: 05:53, 04.08.2026.
O'qildi: 908 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик