Florian Virs, Aleksander Isak va Rayan Gravenberx «Liverpul»ga mavsumoldi yig‘iniga qaytganidan so‘ng ilk daqiqalarini o‘tkazishdi.
Uch futbolchi yakshanba kuni «Lids»ga qarshi kechgan (2:4) mag‘lubiyatli o‘yinda 45 daqiqadan harakat qilishdi. «Krizollar» 2:0 hisobida oldinda borgan birinchi bo‘limda Virs va Isak maydonda bo‘lgan bo‘lsa, Gravenberx tanafsusdan so‘ng o‘z darvozasidan to‘rtta to‘p olib chiqqan tarkibda o‘ynadi.
O‘yindan so‘ng fikr bildirgan Andoni Iraola niderlandiyalik futbolchini asosiy tarkibi hali to‘liq shakllanib ulgurmagan jamoa bilan maydonga tushirib, uni noqulay ahvolga solib qo‘ygan bo‘lishi mumkinligini tan oldi.
«Fikrimcha, ular juda yaxshi harakat qilishdi. O‘zlarining dastlabki 45 daqiqasini o‘tkazishdi», — deya qo‘shimcha qildi Iraola.
«Albatta, Florian va Aleks birinchi bo‘limda o‘ynashgani sababli ular uchun o‘yin yengilroq yoki muvaffaqiyatliroq kechdi. Rayan uchun esa qiyinroq bo‘ldi».













