«Kolo-Kolo» Kabo-Verde terma jamoasi darvozaboni Vozinyaning JCH-2026dagi yorqin o‘yinlaridan so‘ng uni o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi.
40 yoshli darvozabon Chili klubi bilan yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan olti oylik shartnoma imzoladi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tgach, u 29-raqamni qabul qilib oldi.
Vozinya Kabo-Verde terma jamoasidagi, ayniqsa Ispaniyaga qarshi o‘yindagi (durang) ajoyib harakatlari evaziga JCHning eng asosiy voqealaridan biriga aylandi. Uning o‘yinlari ijtimoiy tarmoqlarda ham mashhurligi keskin oshishiga olib keldi — hozirda uning Instagram'dagi kuzatuvchilari soni qariyb 30 millionga yetdi.
«Kolo-Kolo» chorshanba kuni «Estadio monumental» stadionida o‘tkaziladigan darvozabonning rasmiy taqdimotiga 40 mingdan ortiq muxlis tashrif buyurishini kutmoqda. Shuningdek, Santyagoga yetib kelganida Vozinyani 1 000 ga yaqin muxlis kutib oldi.













