«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford klubini o‘zgartirishi mumkin. Turkiyaning «Fenerbaxche» klubi futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda va uning transferi uchun salmoqli summa taklif qilishga tayyor, deb xabar bermoqda Tribal Football.
Manbaning xabar berishicha, «Fenerbaxche» vakillari ehtimoliy bitim shartlarini muhokama qilish uchun allaqachon Reshfordning atrofidagi insonlar bilan aloqaga chiqishgan. Turk klubi rahbariyati chempionlik unvoni uchun kurashda tarkibni kuchaytirishni niyat qilgan. «Fenerbaxche» 2013/2014 yilgi mavsumdan beri davom etayotgan sovrinsiz uzoq tanaffusga chek qo‘yishga intilmoqda.
O‘tgan mavsumda 28 yoshli futbolchi ijara huquqi asosida «Barselona» sharafini himoya qildi. U 49 ta o‘yinda 14 ta gol va 11 ta golli uzatma bilan ajralib turdi. Bu ko‘rsatkich Reshford uchun 2022/2023 yilgi mavsumdan beri eng yaxshisi bo‘ldi. Shu bilan birga, Kataloniya klubida futbolchini 26 million funtga (30 million yevro) sotib olish opsiyasi bor edi, ammo «Barselona» Entoni Gordon va Karim Adeyemi bilan shartnoma imzolashga e’tibor qaratib, ushbu imkoniyatdan voz kechishga qaror qildi.













