Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Franko Mastantuono faoliyatini Italiya chempionatida davom ettiradi.
Mashhur jurnalist Fabrisio Romanoning o‘z sahifalarida xabar berishicha, «Real» va «Fiorentina» ertalab 18 yoshli argentinalik futbolchining ijarasi bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishdilar. 2026/27 yilgi mavsum yakunlangach, futbolchi Madrid klubi qarorgohiga qaytadi.
Mastantuono «River Pleyt»dan o‘tganidan so‘ng 2025 yilning yozida «Real»ga kelib qo‘shilgan edi. O‘ng qanot vingeri madridliklar safida jami 36 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va sherigiga 1 ta golli uzatma oshirdi.













