Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona - Andijon
06/08 20:00 Paxtakor - Buxoro

«Liverpul» «Nyukasl» va Germaniya terma jamoasi hujumchisini nishonga oldi

«Liverpul» «Nyukasl» va Germaniya terma jamoasi hujumchisini nishonga oldi

Baho:
+ | -

«Liverpul» shu yozda «Nyukasl» va Germaniya terma jamoasining 24 yoshli hujumchisi Nik Voltemadeni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Klub rahbariyati hujum chizig‘ini kuchaytirish variantlarini faol tahlil qilmoqda va nemis forvardida juda katta salohiyatni ko‘rmoqda, deb xabar beradi CaughtOffside.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Voltemadening joriy transfer oynasida «Nyukasl»ni tark etish ehtimoli juda yuqori. Klub ham, futbolchining o‘zi ham barcha manfaatdor tomonlarni qoniqtiradigan bitimga tayyor. Nik Voltemade 2025 yilning yozida «Shtutgart»dan 75 million yevro evaziga o‘tib, «Nyukasl» bilan shartnoma imzolagan edi.

O‘tgan mavsumda hujumchi «olaqatg‘aylar» safida 51 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urdi va beshta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali Voltemadeni 55 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 20:01, 05.08.2026.
O'qildi: 695 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик