«Trabzonspor»ning yangi a’zosi Muhammad Saloh Trabzonga uchib keldi va uni 25 ming muxlis kutib oldi. 34 yoshli misrlik futbolchi ularning qarshisiga 10-raqamli futbolkada chiqdi.
«Bu yerda 25 ming odam yig‘ildi. Ilgari shunday muhitni ko‘rganmidim? Ochig‘i, hatto eslay olmayman. Men o‘ynagan har bir klubda muvaffaqiyatga erishishga muvaffaq bo‘lganman. Bu yerda ham ham chempionatda, ham yevrokuboklarda muvaffaqiyatga erishish uchun astoydil mehnat qilaman», — deydi Salohning so‘zlarini keltirgan A Spor.
Turkiya OAVlarining ma’lumotlariga ko‘ra, Salohning «Trabzonspor»dagi maoshi yiliga 17,5 million yevroni tashkil etadi. Shuningdek, u shartnoma imzolagani uchun 5 million yevro va bonuslar sifatida yana 5 million yevro oladi. Bundan tashqari, futbolchiga uning familiyasi tushirilgan futbolkalar sotuvidan 25 foiz ulush tegadi.













