«Barselona» yarim himoyachisi Gavi endi pushti rangli sochlar bilan maydonga tushadi. Hali iyun oyida, jahon chempionatining guruh bosqichi vaqtida 22 yoshli futbolchi agar Ispaniya terma jamoasi mundialda g‘olib chiqsa, sochlarini pushti rangga bo‘yashini aytgan edi. Shunday bo‘lib chiqdi ham: ispaniyaliklar Kabo-Verdega qarshi kechgan ilk o‘yinda qoqilishdi (0:0), ammo keyinchalik barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, o‘z tarixida ikkinchi bor kubokni qo‘lga kiritishdi. Finalda «qizil furiya» Argentinani mag‘lub etdi (1:0).
Endilikda Gavi va’dasida turdi: u ijtimoiy tarmoqlarda pushti rangli sochlari bilan tushgan suratlarini joylab, «So‘zida turadigan inson» deb izoh qoldirdi.

«Barsa» xavbeki Ispaniyaning zafarli jahon chempionatidagi ikkita uchrashuvida maydonga tushgan edi.













