Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona - Andijon
06/08 20:00 Paxtakor - Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al

Dias: «Biz Mourino bilan g‘alaba qozonishda davom etmoqchimiz»

Dias: «Biz Mourino bilan g‘alaba qozonishda davom etmoqchimiz»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Braim Dias yangi bosh murabbiy Joze Mourino qo‘l ostidagi ishdan olgan ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Marokashlik futbolchi yaqinda madridliklarning mashg‘ulot bazasiga yetib keldi va bo‘lajak mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

«Hammasi juda yaxshi o‘tmoqda, chunki u va uning shtabi a’lo darajada tayyorgarlik ko‘rishgan. Biz Mourinyu kimligini, u nimalarga erishganini va qanchadan-qancha sovrinlarni qo‘lga kiritganini bilamiz. Biz u bilan g‘alaba qozonishda davom etmoqchimiz», — deydi Diasning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Goal portali.

Yarim himoyachi yangi murabbiy jamoadan maksimal darajada maydonda bor kuchini berishni talab qilayotganini va o‘yinchilarni jamoa manfaati uchun o‘z individual mahoratlaridan foydalanishga chaqirayotganini ta’kidladi.

«U bizga yanada shiddatliroq harakat qilishni aytmoqda, chunki bizda o‘yinlar taqdirini hal qila oladigan yetarlicha individual mahorat bor. Ammo eng muhimi — bu mehnat. Biz bir-birimizga yordam berishimiz, sheriklarimiz uchun fidoyilik qilishimiz va yagona jamoa bo‘lishimiz kerak.

Men 100% tayyor bo‘lishni va jamoaga yordam berishni xohlayman. Har bir o‘yinda bor kuchimni beraman. Muxlislar o‘yinimdan mamnun bo‘lishlarini istayman. Individual darajada o‘zimning eng yaxshi variantimni ko‘rsatishga harakat qilaman. Jamoaviy planda esa eng go‘zal narsa — turnirlardagi g‘alabalardir. Bu Madridning «Real» klubi, biz sovrinlarni qo‘lga kiritishimiz shart», — dedi Dias.

2026/2027 yilgi mavsumga tayyorgarlik doirasida «Real» «Ferensvarosh», «Deportivo» va «Shalke» klublariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazadi. Ispaniya yangi chempionatidagi ilk rasmiy o‘yinini madridliklar 22 avgust kuni safarda «Espanyol»ga qarshi o‘tkazishadi.

Kiritildi: 15:21, 06.08.2026.
O'qildi: 482 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик